“TA’LIM JARAYONINI RAQAMLASHTIRISH ISTIQBOLLARI VA MUAMMOLARI”

Авторы

  • Shakhbozjon Автор

DOI:

https://doi.org/10.5281/za2pt166

Аннотация

“Ta’lim jarayonini raqamlashtirishning istiqbollari va muammolari” mavzusidagi mazkur Xalqaro ilmiy-amaliy konfe
rensiya materiallari ta’lim sohasida raqamli transformatsiya jarayonlariga oid zamonaviy tadqiqotlar va amaliy natijalarni 
qamrab olgan hamda ular yuzasidan mualliflarning fikr-mulohazalarini o‘zida mujassamlashtirgan. To‘plam “O‘zbekis
ton–2030” strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi hamda “Raqamli 
O‘zbekiston–2030” dasturlarining ustuvor yo‘nalishlariga mos ilmiy yondashuvlarni aks ettiradi. Maqolalar iqtisodiyotda 
raqamlashtirishning ahamiyati, ijtimoiy-gumanitar fanlarda raqamli platformalardan foydalanish, chet tillarini o‘qitishda 
innovatsion usullar kabi masalalarni qamrab oladi. Shuningdek, ta’limda tabiiy va aniq fanlarda sun’iy intellektdan foy
dalanish, virtual laboratoriyalar, energiya tejamkor texnologiyalar kabi raqamli vositalardan foydalanishning istiqbollari 
keng yoritilgan.
 To‘plamdan ilmiy tadqiqotchilar va pedagoglarning tibbiy ta’limda raqamli baholash tizimlari, mobil ilovalar va sun’iy 
intellekt yechimlarining qo‘llanilishiga oid ilmiy tadqiqot ishlari ham o‘rin olgan. Yevropa va Osiyodagi hamkor universi
tetlar olimlarining ishtiroki raqamlashtirish masalasining global ahamiyatini ko‘rsatib, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan 
ilmiy asoslangan takliflarni taqdim etadi.
 Mazkur Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamidan ta’lim sohasida va iqtisodiyot tarmoqlarida faoli
yat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, tadqiqotchilar, vazirliklar va idoralar xodimlari, magistrantlarning 
ilmiy izlanishlari natijalari o‘rin egallagan.

Опубликован

2025-11-26

Выпуск

Раздел

Articles

Как цитировать

“TA’LIM JARAYONINI RAQAMLASHTIRISH ISTIQBOLLARI VA MUAMMOLARI”. (2025). KIUT Publication, 1(1). https://doi.org/10.5281/za2pt166