FOTOELEKTRIK MODULLARNING ENERGIYA OLISH VA SAMARADORLIKNI OSHIRISH MUAMMOLARINI HAL QILISH UCHUN YANGI AVLOD FOTOISSIQLIK AYLANTIRGICH QURULMASI
DOI:
https://doi.org/10.5281/x48md897Abstract
Yangi turdagi alternativ energiya manbalarini, ayniqsa, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini jalb qilish va ularning quvvatini oshirish, an'anaviy energiya manbalaridan yangi usullar bilan energiya olish, uzatish va foydalanish usullariga tezkor o'tishni ta'minlashga yordam beradi, bu esa O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy o'sishining barqarorligini ta'minlashga imkon beradi. Hozirgi kunda dunyoda quyosh energiyasi sohasidagi asosiy tendentsiyalardan biri yarim o'tkazgichli fotoelektrik texnologiyalarning yirik miqyosda qo'llanilishi hisoblanadi [1]. Shu sababli, yarim o'tkazgichli quyosh elementlari yordamida quyosh energiyasini to'g'ridan-to'g'ri elektr energiyasiga aylantirish imkoniyati hali ham dolzarbdir [2], chunki ular nazariy jihatdan cheksiz xizmat muddatiga ega, ishonchli va samarali energiya o'zgartirish qurilmalaridir.